Naqd puldan voz keçiş: Özbekiston muvaffaqiyatining siri

Özbekiston aholisining raqamli hisob-kitoblarga jadal ötişi birgina qaror emas, balki qonunçilikdagi islohotlar, tartibga soliş çoralari va zamonaviy tölov infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça izçil amalga oşirilgan işlar natijasi böldi. Ayniqsa, 2025-yil oxiri — 2026-yil boşida bu jarayonlar sezilarli darajada tezlaşdi. Men bunga turtki bergan uçta asosiy omilni ajratib körsatgan bölardim: huquqiy va institutsional asoslarning şakllantirilişi, naqd pulda hisob-kitob qilişdan voz keçişni bevosita rağbatlantiruvçi çoralarning körilişi hamda Markaziy bank tomonidan zarur texnologik infratuzilmaning yaratilişi.
Raqamli tölovlarning huquqiy asoslari qanday şakllangan
Raqamli tölov tizimining poydevori 2020-yil fevral oyidan boşlab amalda bölgan Özbekiston Respublikasining «Tölovlar va tölov tizimlari töğrisida»gi 578-sonli qonuni böldi. U tölov tizimi operatorlari, tölov taşkilotlari va elektron pul emitentlari faoliyatining zamonaviy huquqiy asoslarini şakllantirdi, şuningdek, Markaziy bankning nazorat vakolatlarini mustahkamladi. Keyinçalik qonunçilik bozorning rivojlanişi va yangi xavf-xatarlarning paydo bölişi, jumladan, tölov tizimlari iştirokçilarining javobgarligi, ma’lumotlarni himoya qiliş va raqamli operatsiyalar xavfsizligi masalalarini hisobga olgan holda izçil ravişda takomillaştirildi.
2026-yil boşida şaxsiy ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikning ayrim talablari yumşatilişi ham muhim özgariş böldi. Muayyan toifadagi ma’lumotlarni belgilangan şartlarga rioya qilgan holda mamlakat taşqarisida saqlaş va qayta işlaş imkoniyati xalqaro tölov xizmatlari, jumladan Apple Pay va Google Pay’ning Özbekiston bozoriga kirişi uçun zamin yaratgan. Ilgari ularni joriy etişga ma’lumotlarni mahalliylaştiriş talablari sezilarli darajada tösqinlik qilgan edi.
Strategik rejalaştiriş ham muhim rol öynadi. «Raqamli Özbekiston — 2030» strategiyasi va 2020-2025-yillarga möljallangan bank tizimini isloh qiliş strategiyasi kabi hujjatlar moliya sektorini raqamli transformatsiya qilişning umumiy yönalişini oldindan belgilab berdi. Şu asosda Markaziy bank tomonidan Osiyo taraqqiyot banki kömagida 2025-2030-yillarga möljallangan Moliyaviy ommaboplik milliy strategiyasi işlab çiqildi. Uni amalga oşiriş aholining moliyaviy va raqamli savodxonligini oşiriş, moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qilişni kuçaytiriş çora-tadbirlari bilan birga olib boriladi.
Fintex kompaniyalari va milliard dollarlik investitsiyalar
Keyingi bosqiç moliyaviy texnologiyalar sohasida alohida davlat siyosatini şakllantiriş böldi. Prezidentning 2025-yil noyabr oyi oxirida qabul qilingan PQ-359-sonli qarori bilan Markaziy bankning vakolati kengaytirildi: tartibga soliş va nazorat qiliş bilan bir qatorda, u fintech sohasini rivojlantirişda yanada faolroq rol öynadi. Hozirda 2026-2030-yillarda moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirişning milliy strategiyasi tayyorlanmoqda. Uning maqsadlari orasida fintex kompaniyalari sonini 2025-yildagi 103 tadan 2030-yilga kelib 200 taga yetkaziş, fintex startaplariga bir milliard dollargaça xorijiy investitsiyalarni jalb etiş va Özbekistonning xalqaro moliyaviy texnologiyalar rivojlaniş indekslaridagi örnini mustahkamlaş bor.
Aholini naqd puldan voz keçişga nima undadi
Biroq naqd pulsiz hisob-kitoblarga ommaviy ötişga 2025-yilning ikkinçi yarmida qabul qilingan me’yoriy çora-tadbirlar majmuasi bevosita turtki berdi.
Prezidentning 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoni bilan 2030-yilgaça bölgan aniq maqsadli körsatkiçlar belgilandi. Xususan, savdo va xizmat körsatiş sohasida aholining naqd pulsiz tölovlari uluşini 75 foizga yetkaziş, kuzatilmaydigan iqtisodiyotni 1,3 barobarga qisqartiriş va rasmiy sektorda band bölganlar uluşini 64 foizga yetkaziş közda tutilgan.
Uşbu maqsadlarga erişiş uçun 2026-yil 1-apreldan boşlab ayrim toifadagi tovarlar va aktivlar, şu jumladan alkogol va tamaki mahsulotlari, köçmas mulk, avtomobillar va qiymati 25 million sömdan ortiq bölgan tovarlarni sotib olişda naqd puldan foydalanişga çeklovlar joriy etildi. Hisob-kitoblarga köra, uşbu talablar 28 mingga yaqin tovar pozitsiyalarini qamrab oladi, ular mamlakat tovar aylanmasining taxminan 7 foizini taşkil qiladi.
Ayniqsa, bank va notarial axborot tizimlari integratsiyasi muhim ahamiyatga ega. Köçmas mulk va mol-mulkning ayrim turlari bilan boğliq bitimlar banklar va notarial organlar örtasida elektron ma’lumotlar almaşinuvi orqali naqd pulsiz tölov tasdiqlanganidan keyingina rasmiylaştiriladi. Uşbu tizimga 1 ming 130 ga yaqin notariuslar ulangan. Bunday mexanizm bir vaqtning özida raqamli hisob-kitoblarni rağbatlantiradi, bitimlarning şaffofligini oşiradi va ularning haqiqiy qiymatini yaşiriş imkoniyatlarini kamaytiradi.
Tadbirkorlar uçun yagona QR-kod va imtiyozlar
Savdo va xizmat körsatiş sohasidagi yuridik şaxslar tomonidan tölovlarni qabul qiliş uçun yagona QR-kodning joriy etilişi yana bir tizimli yeçim böldi. 2026-yil 1-iyuldan boşlab undan foydalaniş majburiy böldi. Buning natijasida xaridor har bir bank yoki tölov tizimi uçun alohida ilova örnatişi, tadbirkor esa bir neçta turli QR-kodlarni qöllab-quvvatlaşi şart emas.
Şu bilan birga, prezidentning 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-sonli qarori bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun ham xuddi şunday talablar joriy etildi. 2026-yil 1-yanvardan boşlab ular elektron tölovlarni qabul qiliş uçun QR-kodga ega bölişlari şart, uning yöqligi esa nazorat-kassa texnikasidan foydalanmaslikka tenglaştiriladi. Ayni paytda bu talab iqtisodiy rağbat bilan töldirildi — 2030-yil oxirigaça amal qiluvçi maxsus imtiyozli soliq rejimi joriy etildi.
Markaziy bank tölov infratuzilmasini qanday rivojlantirmoqda
Şuni ta’kidlaş kerakki, qonunçilik çeklovlari yakka tartibda joriy etilmagan. Markaziy bank bir vaqtning özida aholi va biznesga ortiqça xarajatlarsiz yangi talablarni bajariş imkonini beruvçi infratuzilmani yaratdi.
Markaziy bank tuzilmasida uşbu yönalişlar Tölov tizimlari departamenti va Moliyaviy texnologiyalarni rivojlantiriş departamenti örtasida taqsimlangan. Birinçisi bazaviy tölov infratuzilmasi, QR va NFC tölovlarini rivojlantiriş, bankomatlar va terminallar tarmoğini kengaytiriş, şuningdek, tölov bozori iştirokçilarini tartibga soliş uçun mas’uldir. Ikkinçisi fintech ekotizimini, innovatsion moliyaviy mahsulotlarni va xizmat körsatişning yangi modellarini rivojlantiriş bilan şuğullanadi.
2026-yil 1-yanvardan maxsus tartibga soliş rejimi (regulyativ qumdon) amal qila boşladi. Unda kompaniyalar töliq litsenziyalaştiriş jarayonidan ötişdan oldin steyblkoinlar, tokenlaştirilgan aktivlar va boşqa innovatsion mahsulotlar bilan boğliq operatsiyalarni nazorat qilinadigan muhitda sinovdan ötkazişi mumkin. Keyinçalik mazkur rejimda iştirok etiş talablari soddalaştirildi, uning formati esa maxsus texnologik yönalişlar hisobiga kengaytirildi. Uşbu taşabbusni rivojlantiriş doirasida Regulatory Sandbox 2.0 modeli, Q-FINEX fintex poligoni, $50 mln hajmdagi vençur fondi, şuningdek, Markaziy bank huzurida alohida FinTech Office va innovatsion markaz taşkil etiş nazarda tutilgan.
Bir vaqtning özida kundalik hisob-kitoblar infratuzilmasi ham rivojlantirilmoqda. Bular banklararo tezkor tölovlar tizimi, oçiq banking mexanizmlari, UzQR milliy yagona QR-kod tizimi, POS-terminallar tarmoği va masofaviy bank xizmatlaridir. Tölov tizimlarining kiberxavfsizligiga oid me’yoriy-huquqiy asoslar ham muhim ahamiyatga ega. Çunki aholining raqamli vositalarga bölgan işonçi nafaqat ularning qulayligiga, balki operatsiyalar va şaxsga doir ma’lumotlarning himoyalanganlik darajasiga ham boğliq.
Nima uçun talablar va rağbatlantiriş çoralari öz samarasini berdi
Şunday qilib, muvaffaqiyatning asosiy omili talablar va rağbatlantiriş çoralarining uyğunligi böldi. Bir tomondan, davlat yirik, ijtimoiy ahamiyatga ega va şaffoflik yetişmasligi mumkin bölgan operatsiyalarda naqd puldan foydalanişni izçil ravishda çeklamoqda. Ikkinçi tomondan, Markaziy bank va bozor iştirokçilari raqamli tölov fuqaro yoki tadbirkor uçun hisob-kitob qilişning eng sodda va qulay usuliga aylanadigan texnologik muhitni yaratmoqda.
Bu siyosatning natijalari allaqaçon közga taşlanmoqda: 2025-yilda Özbekistonda naqd pulsiz tölovlar hajmi avvalgi yilga nisbatan taxminan 1,4 baravar oşdi. Bu 2026-yildagi eng keng kölamli talablar kuçga kirişidan oldin sodir böldi.
Şu bois keçayotgan jarayonlarni bir-birini töldiruvçi ikki islohotning bir vaqtda amalga oşirilişi sifatida baholaş lozim. Birinçisi iqtisodiyotni rasmiylaştirişni jadallaştirib, aholi va biznesning hisob-kitoblarini naqd pulsiz şaklga ötkazmoqda. Ikkinçisi esa bu ötişni texnik jihatdan amalga oşiriş mumkin bölgan, xavfsiz va barqaror jarayonga aylantiradigan infratuzilma, institutlar va qoidalarni şakllantirmoqda. Aynan uşbu jarayonlarning bir vaqtda amalga oşirilgani Özbekistonda raqamli hisob-kitoblarning bu qadar tez ommalaşuviga asosiy turtki böldi.