Investorlar nafaqat alohida muvaffaqiyatli loyihalarni, balki mamlakatdagi institutsional muhitning umumiy sifatini ham baholaydi

Sönggi uç yil içida Özbekiston Markaziy Osiyoda tölovlarni raqamlaştiriş sur’atlari eng yuqori bölgan mamlakatlardan birini namoyon etdi. Markaziy bank va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tomonidan ötkazilgan tadqiqotga köra, raqamli tölovlardan foydalanadigan fuqarolar uluşi 2021-yildagi 39 foizdan 2025-yilda 72 foizga yetdi. Şu bilan birga, bank kartalari, mobil ilovalar, POS-terminallar va onlayn tölovlar soni ham sezilarli darajada oşdi.
Moliyaviy sektorning raqamlaştirilişi mintaqaning köplab mamlakatlarida kuzatilayotgan bölsa-da, Özbekiston tajribasi keng kölamli islohotlar, yangi texnologiyalarni joriy etişning yuqori sur’atlari, fintex kompaniyalarining faol rivojlanişi va 37 milliondan ortiq aholiga ega yirik içki bozor uyğunligi bilan ajralib turadi. Aynan şu sababli bugungi kunda Özbekiston raqamli moliyaviy xizmatlar va tölov innovatsiyalarini rivojlantiriş böyiça mintaqadagi yetakçi mamlakatlardan biri sifatida tobora köproq e’tirof etilmoqda.
Naqd puldan raqamli depozitlarga: iqtisodiyotga ta’siri
Mablağlarni naqd pul şaklida saqlaşdan bank hisobvaraqlari, omonatlar va raqamli tölovlardan foydalanişga ötiş iqtisodiyotga köp jihatdan ijobiy ta’sir körsatadi.
Birinçidan, bu bank tizimining moliyaviy resurslar bazasini kengaytiradi. Aholi mablağlari bank depozitlariga joylaştirilganda, banklar biznes va uy xöjaliklarini kreditlaş uçun yanada barqaror moliyalaştiriş manbalariga ega böladi. Bu esa investitsiyalar kiritilişi va yangi iş örinlari yaratilişiga yordam beradi.
Natijada bank tizimining moliyaviy vositaçi sifatidagi roli kuçayadi va investitsiyalar hajmining oşişiga zamin yaratiladi. Şu bilan birga, moliyaviy oqimlarning şaffofligi yaxşilanadi va yaşirin iqtisodiyot uluşi kamayadi.
Ikkinçidan, xalqaro tadqiqotlar moliyaviy xizmatlarning raqamlaştirilişi makroiqtisodiy darajada sezilarli samara berişi mumkinligini körsatmoqda. OTBning Accelerating Financial Inclusion in South-East Asia with Digital Finance («Raqamli moliya orqali Janubi-Şarqiy Osiyoda moliyaviy inklyuziyani jadallaştiriş») tadqiqotiga köra, raqamli moliyaviy xizmatlar orqali moliyaviy inklyuziyani kengaytiriş Indoneziya va Filippin kabi nisbatan yirik iqtisodiyotlarda yalpi içki mahsulotning qöşimça 2–3 foizga ösişini ta’minlaşi mumkin. Moliyaviy tizimi kamroq rivojlangan mamlakatlarda esa bu samara yanada yuqori bölişi mumkin.
Uçinçidan, raqamli tölovlar umuman iqtisodiyot samaradorligini oşiradi. OTB baholaşlariga köra, raqamli moliyaviy texnologiyalar operatsion xarajatlarni kamaytiradi, aholining va kiçik biznesning moliyaviy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiradi, tadbirkorlik faolligini oşirişga yordam beradi hamda moliyaviy tizimning yanada inklyuziv va barqaror bölişini ta’minlaydi.
Özbekiston uçun bu samaralar ayniqsa dolzarb, çunki moliya sektorini raqamlaştiriş bank tizimidagi islohotlar va xususiy sektorning rivojlanişi bilan bir vaqtda amalga oşirilmoqda. Asian Development Outlook («Osiyo taraqqiyoti istiqbollari») hisobotiga köra, içki talab mamlakat yalpi içki mahsuloti ösişining asosiy omili bölib qolmoqda.
Şu nuqtayi nazardan, naqd pul aylanmasidan raqamli depozitlarga ötişni şunçaki tölov usulining özgarişi sifatida emas, balki iqtisodiyotning tarkibiy özgarişidagi muhim element sifatida körib çiqiş lozim. Bu jarayon bank tizimining barqarorligini mustahkamlaydi, investitsiyalar uçun içki resurslarni safarbar etişga yordam beradi va iqtisodiyotning yanada jadal hamda inklyuziv ösişi uçun şaroit yaratadi.
Raqamli ekotizimlar va xalqaro investorlarning qiziqişi
Yetuk raqamli ekotizimlarning şakllanişi xalqaro investitsiya hamjamiyatining Özbekiston haqidagi tasavvuriga sezilarli ta’sir körsatmoqda. Investorlar uçun bu mamlakat nafaqat an’anaviy tarmoqlarga kapital jalb qila olişi, balki texnologiyalar, ma’lumotlar va innovatsiyalarga asoslangan zamonaviy biznes modellarini ham yaratişga qodir ekanini körsatuvçi signaldir.
Bunday kompaniyalar mamlakatda malakali kadrlar, rivojlangan raqamli infratuzilma, tölov yeçimlari va qulay tadbirkorlik muhiti mavjudligini namoyon etadi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanişi bozor islohotlarining kengroq dasturi bilan bir vaqtda keçayotgani ham alohida ahamiyatga ega. Xalqaro moliya taşkilotlari Özbekistonda xususiy sektorning iqtisodiyotdagi rolini oşiriş, investitsiya muhitini yaxşilaş va iqtisodiyotning turli tarmoqlariga xususiy kapital jalb qiliş borasida erişilgan yutuqlarni qayd etmoqda.
Bu esa investorlar ongida Özbekistonni faqat alohida spekulyativ investitsiyalar uçun möljallangan yönaliş emas, balki uzoq muddatli ösiş salohiyatiga ega bozor sifatida şakllantirmoqda.
Xalqaro investorlar işonçining ortib borayotgani xalqaro moliya institutlarining xususiy sektor bilan boğliq operatsiyalari kengayişida ham namoyon bölmoqda.
Xususan, OTBning Özbekistondagi jami suveren bölmagan operatsiyalari hajmi 2 mlrd dollardan oşgan. Bu operatsiyalar bank sektori, energetika, savdo va boşqa xususiy loyihalarni moliyalaştirişni qamrab oladi. Bundan taşqari, OTB kelgusida suveren bölmagan moliyalaştiriş hajmini sezilarli darajada kengaytirişni rejalaştirmoqda. Bu esa mamlakatning investitsiya istiqbollari yuqori baholanayotganidan dalolat beradi.
Şu bilan birga, vaziyatga real baho beriş muhim. Muvaffaqiyatli raqamli ekotizimlarning mavjudligi öz-özidan investitsiyalar oqimining barqaror bölişini kafolatlamaydi.
Xalqaro investorlarning qiziqişini saqlab qoliş uçun islohotlarni davom ettiriş, tartibga soliş tizimining oldindan başorat qilinadigan va barqaror bölişini ta’minlaş, investorlar huquqlarini himoya qiliş va bozordagi raqobatni rivojlantiriş, şuningdek, kiberxavfsizlik hamda ma’lumotlarni himoya qilişning yuqori darajasini ta’minlaş zarur.
Investorlar nafaqat alohida muvaffaqiyatli loyihalarni, balki mamlakatdagi institutsional muhitning umumiy sifatini ham baholaydi.