Aleksey Frandetti Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga badiiy rahbar etib tayinlandi

17-dekabr 2024 17:48 eʼlon qilindi

(20-dekabr 2024 12:08 yangilandi)
Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Foto: Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri

Oʻzbekistonda tugʻilib, keyinchalik Rossiyada ijod qilgan taniqli rejissyor va aktyor Aleksey Frandetti Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining badiiy rahbari lavozimiga tayinlandi.

«Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrning badiiy rahbari sifatida Aleksey Frandetti oʻzining ulkan gʻoya va loyihalarini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlib, bu nafaqat Oʻzbekiston, balki butun Markaziy Osiyoning madaniy hayotini boyitishi shubhasiz. Uning dunyoqarashi va ijodiy yondashuvi teatrni barcha yoshdagi tomoshabinlar uchun yanada jozibador qilishiga ishonamiz», — deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, Frandetti 2022-yil sentabridan 2024-yil iyunigacha Moskvadagi «Lenkom» teatrida bosh rejissori lavozimida ishlagan. Frandettiga eng katta shuhratni uning musiqiy asarlari olib keldi. Uning birinchi spektakli 2013-yilda Kirill Serebrennikov bilan hamkorlikda yaratilgan «Bahor uygʻonishi» spektakli boʻlgan.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston teatri Rossiya festivalida ishtirok etishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek