Samsung Galaxy S25 Ultra imkoniyatlari boshqa flagmanlar bilan taqqoslandi – foto

3-fevral 2025 14:59 eʼlon qilindi

(3-fevral 2025 21:57 yangilandi)
Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Ice Universe

Samsung Galaxy S25 Ultra imkoniyatlarini boshqa flagman smartfonlar, jumladan, Galaxy S24 Ultra, Vivo X100 Ultra va Oppo Find X8 Pro bilan taqqoslash maqsadida yangi qiyosiy fotosuratlar e’lon qilindi. Ushbu fotosuratlarni taniqli insayder Ice Universe taqdim etdi.

Fotosuratlar zoom linzalari yordamida olingan va natijalar smartfonlarning optik imkoniyatlarini yoritadi. Ice Universe’ning ta’kidlashicha, Galaxy S25 Ultra raqobatchilariga nisbatan katta ustunlikka ega. Taqqoslashda Vivo X100 Ultra va Oppo Find X8 Pro smartfonlari dasturiy ta’minot algoritmlari yordamida tasvirlarni yaxshilasa, Samsung Galaxy S25 Ultra tabiiy va real tasvirlarni yaratishga qodir.

Foto: Ice Universe
Foto: Ice Universe
Foto: Ice Universe

Xususan, Galaxy S25 Ultra yaqinlashtirish rejimida oldingi model, Galaxy S24 Ultra bilan solishtirganda sezilarli yutuqlarga erishgan. Vivo X100 Ultra ba’zi jihatlarda kuchliroq natijalarni taqdim etsa-da, Galaxy S25 Ultra uzoq masofalardagi tasvirlarni aniqlik bilan suratga olishda o‘z ustunligini namoyon qilmoqda.

Ice Universe texnologiya olamida o‘zining ishonchli ma’lumotlari bilan tanilgan. U sharshara ekran dizaynidan tortib, Samsung’ning 200 megapikselli kamera sensori va iPhone modellari yangiliklariga oid ma’lumotlarni birinchi bo‘lib tarqatgani bilan mashhur. Janubiy Koreyaning texnologiya kompaniyasidagi ishonchli manbalar unga bunday eksklyuziv ma’lumotlarni yetkazib beradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S25 Ultra kamerasi suratga olish imkoniyatlarini namoyish etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek