Xiaomi 15 Ultra’ning barcha xususiyatlari fosh bo‘ldi

27-fevral 2025 15:47 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Foto: Xiaomi

Xiaomi bugun taqdim etishi kutilayotgan eng kuchli flagman smartfoni – Xiaomi 15 Ultra haqida to‘liq ma’lumotlar insayderlar tomonidan oshkor qilindi. Nufuzli Digital Chat Station tomonidan e’lon qilingan tafsilotlarga ko‘ra, bu model zamonaviy texnologiyalar va yuqori unumdorlik bilan ajralib turadi. Bu haqda Weibo nashri ma’lum qildi.

Displey – Smartfon LTPO texnologiyali 2K rezolyutsiyaga ega ekranni oladi. U 120 Gts yangilanish tezligi va har tomonlama qiyshiq qirralar bilan jihozlanadi.

Kamera tizimi – 32 megapikselli old kamera va to‘rtta Leica optikali asosiy modul smartfonning eng kuchli jihatlaridan biri bo‘ladi:

  • 50 MP Sony LYT900 asosiy sensor (f/1.63, 23 mm) – yuqori sifatli tasvirlar uchun,
  • 50 MP ultra keng burchakli linza (14 mm) – keng panoramalar uchun,
  • 50 MP 3x telefoto linza (f/1.8) – portret va uzoq masofali suratlar uchun,
  • 200 MP HP6 periskop linza – 5x yoki undan yuqori zoom uchun ishlaydi.
Foto: Xiaomi

Ishlash va quvvat – Xiaomi 15 Ultra Snapdragon 8 Elite protsessori bilan jihozlanadi. U uch yadroli signal kuchaytiruvchi chip yordamida sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Batareya va quvvatlash – 6000 mAh sig‘imli akkumulyator 90 Vt tezkor simli zaryadlash va 80 Vt simsiz zaryadlash imkoniyatiga ega.

Aloqa imkoniyatlari – Smartfon Tiantong va Beidou SMS sun’iy yo‘ldosh aloqalarini qo‘llab-quvvatlaydi, ya’ni mobil tarmoq bo‘lmagan joylarda ham matnli xabarlar yuborish mumkin bo‘ladi.

Narx – Xiaomi 15 Ultraning rasmiy taqdimoti bir necha soat ichida bo‘lib o‘tadi, hozircha faqat rasmiy narx e’lon qilinishi qoldi.

Oldinroq Digital Chat Station Redmi K50 va Xiaomi 12 smartfonlari haqida ham aniq ma’lumot bergan, shuning uchun bu sizib chiqqan xususiyatlar deyarli haqiqatga yaqin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 15 Ultra flagmani iPhone 16 Pro Max va Galaxy S25 Ultra bilan raqobatga tayyor ekani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek