Hyundai kompaniyasi yangi elektr krossoverini taqdim etdi – video

27-mart 2025 13:20 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Hyundai
Hyundai kompaniyasi yangi elektr krossoverini taqdim etdi / Foto: Hyundai

Hyundai kompaniyasi yangi elektr krossoverini taqdim etdi. Kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu krossover hali nomlanmagan.

Ushbu model Beijing Hyundai kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yangi model Hyundaiʼning ilgari taqdim etgan boshqa elektr transportlari kabi E-GMP (Electric Global Modular Platform) platformasiga asoslanadi.

Modelning batareyasi 110,3 kVt·soat sigʻimga egaligi taxmin qilinmoqda. Bu koʻrsatkich 620 km masofani bosib oʻtish imkonini beradi. Elektr krossoverining motori va quvvati haqida aniq ma’lumotlar hali e’lon qilinmagan, ammo u yuqori samaradorlik va tezkorlikka ega boʻlishi kutilmoqda.

Hyundai kompaniyasi yangi elektr krossoverini taqdim etdi / Video: Hyundai

Dizayn jihatidan bu krossover boshqa elektr avtomobillardan farq qiladi. Modelning tashqi koʻrinishi jozibador va futuristik tarzda yaratilgan.

Taqdimot 28-mart kuni boʻlib oʻtadi. Narxi haqida hali ma’lumot taqdim etilmagan. Tarqatilgan videoda avtomobilning sovuqqa chidash darajasi tekshirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv uzbekistan Hyundai Steel aksiyalari AQShda zavod qurilishi haqidagi xabar ortidan 7 foizga pasaygani haqida yozgan edi.

Shuningdek