Chevrolet Captiva elektromobilining rasmlari paydo boʻldi – foto

14-aprel 2025 16:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Captiva
Chevrolet Captiva elektromobillari 2026-yildan boshlab Janubiy Amerikada sotiladi / Foto: GMAuthority

Kolumbiyadagi bojxona avtoulovlari omborida Chevrolet Capitiva modelining elektr versiyasi rasmga olindi. Bu haqda GMAuthority nashri xabar bermoqda.

2026-yilda ishlab chiqariladigan Chevy Captiva EVʼning uchta birlik partiyasini Janubiy Amerika mamlakatidagi import qilingan avtoturargohda, jumladan, bitta bej va ikkita toʻq kul rangda suratga olishgan. Nashrning qayd etishicha, bu modellar Janubiy Amerika uchun tasdiqlangan variant boʻlishi ehtimoli yuqori.

Captiva
Foto: GMAuthority
Captiva
Foto: GMAuthority

Kompaniya Wuling Starlight S varianti taqdimotida portugal va ispan tillarida «Tez orada hayotingiz yanada elektrlashadi» degan edi. Bu katta ehtimol bilan bir qator modellarini elektr versiya bilan Lotin Amerikasi bozorida ommalashishidan darak beradi.

2026-yildan sotuvga chiqishi rejalashtirilgan Chevrolet Captiva 50 kVt yoki 201 ot kuchiga ega. U 60 kVt/soat akkumulyator batareyasi va Starlight S tomonidan debyut qilinganidek 510 km (317 milya) masofani bosib oʻtishga ega elektr motoridan iborat.

Captivaning elektr versiyasi Oʻzbekistonda qachondan sotilishi ma’lum emas. Ammo global bozorda bu modelning ommalashishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Xitoyning Baojun modeli Chevrolet Captiva nomi bilan Qozog‘istonda sotuvga chiqishi haqida yozgan edi.

Shuningdek