Abdusattorov Fransiyada o‘tgan turnirda Nepomniashiga imkoniyatni boy berdi

15-aprel 2025 17:06 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir
Aleksandr Ten

Aleksandr Ten

Muxbir a.ten@kursiv.media
Нодирбек Абдусатторов. Foto: Mikael Svensson

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Freestyle Chess Tour musobaqasining Parijdagi bosqichida yettinchi o‘rin uchun kechgan bahsda rossiyalik Ian Nepomniashiga yutqazdi. Bellashuv natijasiga ko‘ra, Abdusattorov $20 ming, Nepomniashi esa $30 ming mukofotga ega bo‘ldi.

Turnirda norvegiyalik afsona Magnus Karlsen g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U finalda AQSH vakili Hikaru Nakamurani mag‘lub etdi va $200 ming yutib oldi. Nakamuraga esa ikkinchi o‘rin uchun $140 ming mukofot berildi.

Kuchli uchlikni yana bir amerikalik – Fabiano Karuana yakunlab, $100 ming bilan taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, erkin shaxmat yo‘nalishidagi mazkur nufuzli musobaqa 8 – 15 aprel kunlari Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tdi. Uning navbatdagi bosqichi esa iyul oyi o‘rtalarida Nyu-Yorkda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni raqib sifatida tanlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek