Hyundai va KIA elektromobillari arzonlashishi kutilmoqda

15-aprel 2025 17:13 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Hyundai
Hyundai va KIA’ning elektromobillari arzonlashishi kutilmoqda / Foto: Depositphotos

Hyundai va KIA kompaniyalari elektromobillar uchun oʻzlarining akkumulyatorlarini ishlab chiqishni boshladi. Buning natijasida har ikkala brend modellari arzonlashi mumkin. Bu haqda 32cars nashri xabar bermoqda.

Hyundai Group kompaniyasi tashqi yetkazib beruvchilarga qaramligini kamaytirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish maqsadida elektromobillar uchun oʻz akkumulyatorlarini ishlab chiqarishni boshladi. KIA bilan birgalikda kompaniya LFP tipidagi (litiy temir fosfat) ichki ishlab chiqarish uchun texnologik bazani yaratmoqda.

Bu qaror Hyundai va KIA’ning bozordagi mavqeyini mustahkamlashga yordam beradi. Oʻz akkumulyatorlari boʻlgan yangi modellarning chiqarilishi elektr transport vositalarini arzonroq va xomashyo va butlovchi qismlarning beqaror ta’minotiga kamroq bogʻliq boʻlishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kurisv Uzbekistan nashri Kia Sonet narxi oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek