
Toshkent viloyati hokimining Malayziyaga tashrifi chog’ida «The Mines Resort and Golf Club» bilan Toshkent viloyatida golf majmuasi qurilishi bo‘yicha kelishildi.
Loyihani amalga oshirish uchun 100 gektar yer ajratilishi ko‘zda tutilgan. Hudud zamonaviy kurort zonasiga aylantiriladi. Taklif etilgan joylar Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlari.
Delegatsiya bugun «The Foodbase» kompaniyasi bilan ham muzokara o‘tkazadi. Kompaniya tabiiy shakarni qayta ishlash texnologiyasi bilan tanilgan.
Shuningdek, «Righ food company» bilan vegeterian fast fud ishlab chiqarish bo‘yicha suhbatlar rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Surxon Arena uch yillik tanaffusdan so‘ng qayta foydalanishga topshirilgani haqida xabar bergan edi.