Mercedes-Benz EQS elektromobilida rul o‘rnini shturval egallaydi – foto

30-aprel 2025 12:11 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Foto: mercedes-benz.com

2026-yildan boshlab Mercedes-Benz EQS elektromobili Steer-by-Wire tizimi bilan jihozlanadi. Bu haqda Tengri Auto nashrda ma’lum qilindi.

Ushbu texnologiya orqali avtomobilning rul boshqaruvi mexanik emas, balki elektron signallar orqali uzatiladi. Shu bilan birga, klassik dumaloq rul g‘ildiragi o‘rnini Tesla va Lexus kabi ayrim modellarda uchraydigan qisqa, samolyot uslubidagi rul – shturval egallaydi.

Foto: mercedes-benz.com

Mercedes-Benz kompaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, yangi turdagi rul:

  • salonga kirishni osonlashtiradi;
  • oyoqlar uchun ko‘proq joy bo‘shatadi;
  • asboblar paneli ko‘rinishini yaxshilaydi.
Foto: mercedes-benz.com

Steer-by-Wire tizimi harakat rejimiga mos ravishda moslashadi, ya’ni yuqori tezlikda rul og‘irlashadi, to‘xtashda esa yengillashtiriladi. Shuningdek, EQS modelining orqa o‘qi avvalgidek 10 darajagacha burilish imkoniyatiga ega bo‘lib, tor joylarda manevrni osonlashtiradi.

Mazkur tizimni joriy etish 2026-yilda rejalashtirilgan. Biroq yangi turdagi rul boshqaruvi haydovchilar uchun qulay bo‘ladimi va u xavfsizlikka qanday ta’sir qilishi hali noma’lum.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Mercedes-Benz Shanxay avtosalonida futuristik interyeri va hashamatli yechimlari bilan ajralib turadigan Vision V konseptini namoyish etgani haqida yozgandi.

Shuningdek