
UzAuto Motors Chevrolet Malibu XL avtomobili uchun qayta kontraktatsiya boshlanganini e’lon qildi (soat 14:40 da). Biroq oradan bir soat ham o‘tmay, barcha shartnomalar yakunlangani haqida xabar berdi (soat 15:22 da).
«Bugundan boshlab har bir mijoz avtomobilni o‘ziga yoqqan rangda, kerakli modifikatsiyasida tanlash imkoniga ega», – deb xabar berdi kompaniya.
«Kursiv» muxbiri o‘tkazgan tekshiruvga ko‘ra, 29-may kuni soat 15:30da (Toshkent vaqti) uzavtosavdo.uz saytida avtomobil uchun shartnomalar qolmadi.



Avvalroq Kursiv Uzbekistan UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Malibu, Traverse va Tahoe modellarining jismoniy shaxslar uchun sotuvini nega toʻxtatgani bo‘yicha kompaniyadan rasmiy munosabat olgandi.
«Soʻrovda qayd etilgan avtomobil modellari boʻyicha toʻliq hajmda kontraktatsiya qilingan. Yaqin vaqt ichida mazkur modellar boʻyicha qoʻshimcha hajmlar sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Sotuv jarayonining boshlanishi haqida qoʻshimcha ma’lumot «UzAuto Motors» AJning rasmiy axborot kanallari orqali e’lon qilinadi», – deyiladi kompaniya munosabatida.