Fan

Xitoy «Yer – Oy» tizimi uchun sinovlarni muvaffaqiyatli yakunladi

17-iyun 2025 11:05 eʼlon qilindi

(17-iyun 2025 21:18 yangilandi)
Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Xitoy «Yer – Oy» tizimi uchun sinovlarni muvaffaqiyatli yakunladi / Foto: DSEL

Xitoy Oyga yo‘naltirilgan kelajakdagi «Yer – Oy» infratuzilmasini yaratish maqsadida olib borilgan kosmik sinovlarini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda Space News nashri ma’lum qildi.

2024-yil mart oyida uchirilgan DRO-A va DRO-B qurilmalari dastlabki avariya tufayli murakkab manevrlar orqali Oy orbitasiga chiqa oldi.

Shuningdek, «Queqiao-2» sun’iy yo‘ldoshi va «Tiandu-1» zondi ham Oy orbitasiga joylashtirilib, muhim navigatsiya va aloqa texnologiyalari sinovdan o‘tkazildi. 2025-yil mayida bu qurilmalar Yer – Oy tizimidagi rezonansli orbitalarga o‘tkazildi – Tiandu-1 birinchi bo‘lib 3:1 rezonansli orbitaga chiqqan.

Biroq Tiandu-2 qurilmasi orbitasidan chetga chiqqani va texnik muammolarga uchragani taxmin qilinmoqda. Mutaxassislar bu sinovlar Xitoyning kosmik izlanishlaridagi muhim bosqich bo‘lganini ta’kidlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy olimlari fazoviy stansiyasida yangi bakteriya kashf etgan edi.

Shuningdek