
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola 19 yoshli yarim himoyachi Klaudio Echeverri jarohat olganini tasdiqladi.
«Uning to‘pig‘ida muammo bor. Tiklanishi uchun 2 yoki 3 hafta kerak bo‘ladi. Barchamiz u uchun afsusdamiz», – dedi Gvardiola.
Echeverri «Al Ayn»ga qarshi o‘yinning 27-daqiqasida gol urgandi. U ikkinchi bo‘lim boshida jarohat sabab maydonni tark etib, uning o‘rniga Fil Foden tushdi.
Bu o‘yin Echeverrining 2025-yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi ilk ishtiroki edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov o‘ynagan bahsda jamoasi g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.