Mirzatilla Xolmedov O‘zbekiston davlat satira teatriga direktor etib tayinlandi

9-iyul 2025 14:01 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir
Mirzatilla Xolmedov O‘zbekiston davlat satira teatriga direktor etib tayinlandi. Foto: UzA

Mirzatilla Xolmedov O‘zbekiston davlat satira teatriga direktor etib tayinlandi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, 8-iyul kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov O‘zbekiston davlat satira teatrida tashkiliy va ijodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. Unda sahnalashtirilayotgan spektakllarning sifati, tomoshabinlarni jalb etish, mahalliy va xalqaro gastrollarni tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston davlat satira teatri direktori lavozimiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzatilla Xolmedov tayinlangani e’lon qilinib, jamoaga tanishtirildi.

Ma’lumot uchun, Mirzatilla Xolmedov ushbu lavozimga qadar «O‘zbekkonsert» davlat muassasasida so‘z ustasi sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonning Serbiyadagi birinchi elchisi tayinlangani haqida xabar bergandi.

Shuningdek