Iyun oyida Cobalt 150 dollarga qimmatlashdi, elektromobillar narxi tushdi

9-iyul 2025 17:16 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Chevrolet Cobalt
Foto: Chevrolet

Shu yilning iyun oyida O‘zbekistonda ikkilamchi avtomobil bozorida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Jumladan, Cobalt, Nexia, Damas va boshqa modellar narxi qimmatlagan bo‘lsa, elektromobillar bozorida narx pasaygan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti tahlillarida ma’lum qilindi.

Mahalliy ommabop avtomobillar narxi ko‘tarilmoqda

Iyunda Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas kabi ommabop modellar narxida o‘sish kuzatildi. Masalan, kam foydalanilgan Lacetti avtomobili $200 ga oshib, $14 800 ni tashkil qildi. Cobalt va Nexia ham o‘rtacha $100–$300 oralig‘ida qimmatlashdi.

Mahalliy avtomobillar narxi

ModelFoydalanilgan darajasiMay oyidagi narx Iyun oyidagi narx Narx o‘zgarishi ($)
OnixO‘rtacha$13 480$13 600+120
LacettiKam$14 600$14 800+200
LacettiKo‘p$12 900$13 000+100
CobaltKam$12 550$12 700+150
CobaltO‘rtacha$12 000$12 125+125
CobaltKo‘p$11 500$11 600+100
NexiaO‘rtacha$10 900$11 200+300
NexiaKo‘p$10 000$10 115+115
SparkKo‘p$8 800$9 000+200
SparkO‘rtacha$10 000$10 194+194
DamasKam$8 000$8 050+50

Mahalliy lyuks modellarda o‘zgaruvchan tendensiya

Lyuks toifadagi avtomobillar orasida narxlar barqaror emas. Masalan, o‘rtacha foydalanilgan Malibu $500 ga arzonlashgan bo‘lsa, kam foydalanilgan Equinox esa $1300 ga ko‘tarilib, $34 800 ni tashkil etdi. Tracker modellari esa har uchala holatda ham narx jihatdan biroz oshgan.

Lyuks modellar narxi

ModelFoydalanilgan darajasiMay oyidagi narx ($)Iyun oyidagi narx ($)Narx o‘zgarishi ($)
EquinoxKo‘p$26 200$26 000-200
EquinoxO‘rtacha$30 500$30 450-50
EquinoxKam$33 500$34 800+1300
MalibuO‘rtacha$28 500$28 000-500
TrackerO‘rtacha$17 000$17 300+300
TrackerKo‘p$16 000$16 200+200
TrackerKam$18 425$18 500+75

Elektromobillar arzonlashmoqda

Elektromobillar segmentida deyarli barcha modellar narxi pasaygan. Xususan, BYD Han o‘rtacha $1600 ga arzonlab, $32 500 bo‘ldi. Song Plus EV Champion va Yuan Up ham pasaygan. Faqat BYD E2 modelida narx biroz ko‘tarildi.

Elektromobillar narxi

ModelFoydalanilgan darajasiMay oyidagi narx ($)Iyun oyidagi narx ($)Narx o‘zgarishi ($)
BYD HanO‘rtacha$34 100$32 500-1600
BYD Song Plus EV ChampionO‘rtacha$26 163$25 800-363
BYD Song Plus EV ChampionYangi$28 800$28 500-300
BYD Song Plus EV ChampionYangi$28 000$27 325-675
BYD Song Plus EV ChampionO‘rtacha$26 000$25 500-500
BYD Yuan UpO‘rtacha$20 150$20 000-150
BYD E2O‘rtacha$15 600$16 000+400
BYD E2Yangi$16 950$17 000+50

Xorijiy avtomobillar bozorida barqarorlik yo‘q

Kia K5 va Chevrolet Monza kabi xorijiy modellar narxi iyun oyida oshgan bo‘lsa, Kia Seltos o‘rtacha $677 ga arzonlashdi. Bu turdagi avtomobillarning narxi valyuta kurslari, bojxona tartiblari va import xarajatlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Xorijiy avtomobillar narxi

ModelFoydalanilgan darajasiMay oyidagi narx ($)Iyun oyidagi narx ($)Narx o‘zgarishi ($)
Kia K5Ko‘p foydalanilgan$29 223$30 000+777
Chevrolet MonzaO‘rtacha$16 600$16 673+73
Kia SeltosO‘rtacha$24 383$23 705-677

Narxlar olx.uz platformasidan web scraping texnologiyasi yordamida olingan bo‘lib, iyun oyida 15 700 ta e’lon, may oyida esa 14 800 ta e’lon asos qilib olingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan may oyida ishlatilgan Cobalt narxi qanchaga arzonlashgani haqida yozgandi.

Shuningdek