
Honor kompaniyasi Honor X70 bilan birga yangi Honor Pad GT2 Pro planshetini ham namoyish etdi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.
U o‘tgan yildagi Pad GT Pro modelining yangilangan versiyasi hisoblanadi.

Planshet 12,3 dyuymli 3K ekran va 165 Hz yangilanish chastotasi bilan jihozlangan. Akku batareyasi 10 100 mA·soat. Zaryad quvvati aniq ko‘rsatilmagan, ammo u avvalgisi kabi kamida 66 Vt bo‘lishi kutilmoqda.
Planshetning qalinligi – 5,8 mm, og‘irligi esa 580 grammni tashkil etadi. Qurilma Snapdragon 8 Gen 3 chipi asosida ishlaydi. U IMAX Enhanced texnologiyali 8 ta dinamikli audio tizimga ega.
Narxlar quyidagicha:
- 8/128 GB — $295;
- 12/256 GB — $355;
- 16/512 GB — $405.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Honor X70 taqdim etilgani haqida yozgan edi.