Elektromobillar benzinli avtomobillarga qaraganda tezroq arzonlashadi – iSeeCars

17-iyul 2025 16:28 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Svyatoslav Polyakov

Svyatoslav Polyakov

Direktor o'rinbosari s.poliakov@kursiv.uz
Tesla
Foto: Tesla

AQShda ishlatilgan elektromobillar benzinli avtomobillarga nisbatan ancha tez arzonlashmoqda. iSeeCars tahliliy platformasining yangi tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida elektromobillar narxi o‘rtacha 4,8 foizga tushgan. Shu bilan birga, benzinli avtomobillar esa 5,2 foizga qimmatlasha boshlagan.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bir yildan besh yilgacha bo‘lgan elektromobillarning o‘rtacha narxi $31 354 ni tashkil etgan, bu o‘tgan yilga nisbatan $1 569 ga kam. Solishtirish uchun, shu yoshdagi benzinli avtomobillar narxi o‘rtacha $32 525 bo‘lib, bu 2024-yil iyuniga nisbatan $1 594 ga ko‘proq.

«Qayta sotuv bozoridagi xaridorlar, avvalo, foydali narxni izlaydi. Bugungi kunda elektromobillar bu borada yutqazmoqda. Ular arzonroq, biroq tezroq qadrsizlanadi», – deydi iSeeCars bosh tahlilchisi Karl Brauer.

Narxi eng ko‘p tushgan modellarning ro‘yxatida ham elektromobillar yetakchilik qilmoqda. Tesla Model S, X va Y avtomobillari bir yil ichida 15,8 foizgacha qadrsizlanib, eng ko‘p arzonlashgan uchta model bo‘ldi. Ro‘yxatda, shuningdek, Tesla Model 3 va Porsche Taycan ham bor.

Tahlilchilarning fikricha, elektromobillar narxining pasayishiga taklifning haddan tashqari ortishi va talabning susayishi sabab bo‘lmoqda. 2024-yil iyulidan beri ishlatilgan elektromobillar bozorda 61,8 foizga ko‘paygan bo‘lsa, benzinli mashinalar soni faqat 22,2 foizga oshgan.

Vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin. 2025-yil 1-oktabrdan AQShda yangi va ishlatilgan elektromobillar uchun federal subsidiyalar bekor qilinadi. Mutaxassislar bu holat EV (elektromobil) narxining yana pasayishiga va xaridorlar qiziqishining yanada kamayishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

iSeeCars kompaniyasining 2025-yil mayidagi boshqa bir tadqiqotiga ko‘ra, bir yil ichida eng ko‘p arzonlashgan ishlatilgan avtomobillar aynan Tesla brendiga tegishli bo‘lgan.

Shuningdek