Internetda tarqalgan video sabab Astronomer bosh direktori iste’foga chiqdi

20-iyul 2025 11:50 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Internetda tarqalgan video sabab Astronomer bosh direktori iste’foga chiqdi / Foto: Elcomercio

AQShning Astronomer texnologik kompaniyasi bosh direktori Endi Bayron iste’foga chiqdi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Bu qaror Bayronning Coldplay konsertida kompaniya xodimasi bilan «kiss cam»da quchoqlashayotgani aks etgan video tarqalganidan so‘ng qabul qilindi.

Video: People / Instagram

Kompaniya direktorlar kengashi Bayronning iste’fosini qabul qilib, yangi rahbar izlashni boshlagan. Hozircha vaqtincha bosh direktor lavozimini Astronomer hammuassisi Pit DeJoy bajaradi.

Kompaniya rahbariyatdan yuqori axloqiy mezonlarga amal qilishni kutishini ta’kidlab, yuzaga kelgan vaziyat bu mezonlarga zid bo‘lganini ma’lum qildi. Bayronning LinkedIn profili o‘chirildi va u rahbariyat ro‘yxatidan chiqarilgan bo‘lsa-da, kompaniya saytida hanuz direktorlar kengashi a’zosi sifatida ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 16 mingdan ziyod qozog‘istonliklarning ma’lumotlari internetda tarqalib ketgan edi.

Shuningdek