Samsung Galaxy S25 sotuvi 20 million donaga yetdi

15-avgust 2025 11:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S25
Samsung Galaxy S25 sotuvlari raqiblarini ortda qoldirdi / Foto: CNET

Samsung kompaniyasi iyun oxiriga qadar Samsung Galaxy S25 seriyasidan 20 mlndan ortiq sotgan. Ushbu smartfon joriy yil boshida taqdim etilgan edi.

Xuddi shu davrda boshqa ishlab chiqaruvchilarning 4,32 GGs chastotali Snapdragon 8 Elite protsessorli flagmanlari 20 mlnga yetmagan. Shu sababli Galaxy versiyasi eng ommabop Snapdragon 8 Elite bo‘lgan. Barcha modellarda 4,47 GGs chastotali Snapdragon 8 Elite for Galaxy protsessori ishlatiladi.

Mutaxassislarga ko‘ra, kelasi yilda Snapdragon 8 Elite Gen 2 bilan ham shunday natija qaytarilishi mumkin. Ammo Galaxy S26 liniyasining barcha modellarida bu chip bo‘lishi aniq emas. Ba’zi mintaqa bozorlari uchun Galaxy S26 Pro va S26 Edge modellari Exynos 2600 protsessorini olishi mumkin.

Avvalroq Samsung Galaxy S25 seriyasi Janubiy Koreyada 3 million dona sotilgani haqida yozgan edik. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu muvaffaqiyatga foydalanuvchilarga smartfonni bir yil ichida asl narxining 50 foizigacha qaytarib sotish imkonini beruvchi obuna dasturi ham sezilarli hissa qo‘shgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy S26 Ultra eng tezkor xotiraga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.

Shuningdek