Redmi Note 15 Pro+ qattiq sinovlardan omon chiqdi — video

19-avgust 2025 10:28 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Redmi
Redmi Note 15 Pro+ qattiq sinovlardan omon chiqdi / Foto: Redmi

Xiaomi prezidenti Lu Veybing yangi Redmi Note 15 Pro+ smartfonining mustahkamligini namoyish etdi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

U telefonni turli hajmdagi bolg‘alar bilan urib ko‘rdi va 1,8 metr balandlikdan tushirishni sinovdan o‘tkazdi. Natijada ekranda hatto tirnalish ham kuzatilmadi.

Smartfon Xiaomi Dragon Crystal flagman oynasi bilan himoyalangan. Bu texnologiya ilgari Xiaomi 14 seriyasida qo‘llangan edi. Orqa panel esa egilishga chidamli maxsus shishavolokondan yasalgan bo‘lib, qurilmani yengil va mustahkam qilgan. Xiaomi ma’lumotiga ko‘ra, model 10 baravar ko‘proq zarbaga bardosh bera oladi.

Rasmiy sinovlarda Note 15 Pro+ 2 metr balandlikdan granitga 50 marta tashlanganda ham butunligicha qolgan. Yangi Note 15 seriyasining taqdimoti 21-avgust kuni o‘tkazilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Note 15 Pro+ smartfoni Geekbench’da sinovdan o‘tgani haqida yozgan edi.

Shuningdek