Chevrolet Malibu Rossiyada qanday narxda sotilmoqda

9-sentabr 2025 10:00 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Malibu avtomobili
Chevrolet Malibu avtomobili / Foto: Chevrolet

Rossiyada Chevrolet Malibu avtomobili uchun buyurtmalar ochildi. Bu haqda «Avtonovosti dnya» nashri xabar bermoqda.

Avtomobilning eng kuchli varianti 2 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u 233 ot kuchi quvvat ishlab chiqaradi. Motor 9 pog‘onali avtomat uzatma bilan birga ishlaydi. Mashina narxi 2,5 mln rubl ($30 ming) qilib belgilangan. Bu bazaviy Lada Aura (122 ot kuchi, variator) bilan deyarli bir xil.

Foto: Chevrolet

Bazaviy versiya esa 1,5 litrli motor va shu 9 pog‘onali avtomat bilan taqdim etiladi. Bu komplektatsiyada charm salon, panoramali tom va lyuk, sensorli ekranli multimedia tizimi, konditsioner, kruiz-kontrol kabi opsiyalar mavjud.

Qiziqarli tomoni shundaki, Malibu XL narxlari Rossiyada oxirgi paytlarda oshgan.

Foto: Chevrolet

Ma’lumot o‘rnida, Chevrolet Malibu XL zamonaviy biznes-sedan bo‘lib, kuchli dvigatel va qulayliklarga ega. Model 2,0 litrli turbo dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u 236 ot kuchi quvvat ishlab chiqaradi. Ushbu motor 9 pog‘onali avtomat uzatma bilan birgalikda ishlaydi.

Avtomobilning bagaj qismi hajmi 520 litrni tashkil etadi, bu esa katta yuklarni bemalol joylashtirish imkonini beradi. Yonilg‘i sarfi kombinatsiyalangan rejimda atigi 7,2 litr/100 km bo‘lib, sedan o‘z sinfidagi tejamkor modellar qatoriga kiradi.

Malibu XL kuch, tejamkorlik va qulaylikni birlashtirgan model sifatida bozorda Lada Aura kabi raqiblarga munosib alternativa bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Chevrolet Cobalt taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek