Murodjon Ahmadaliyev Naoya Inouega qarshi jangidan 6 million dollar ishlab oladi

12-sentabr 2025 13:24 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Matchroom Boxing

14-sentabr kuni Yaponiyaning Nagoya shahrida professional boks oqshomi tashkil etiladi. Kechaning asosiy janggida yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue o‘z kamarlarini (Ring Magazine, WBA, WBC, WBO va IBF) o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Murodjon Ahmadaliyevdan himoya qiladi.

Mazkur jangning umumiy mukofot jamg‘armasi $20 millionni tashkil etadi va bu 75/25 foiz nisbatda Inoue foydasiga taqsimlanadi.

Chempion maqomida ringga ko‘tariladigan yaponiyalik yulduz bu jang uchun $15 million kafolatlangan gonorarni qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, u taxminan $4 million PPV (pullik translyatsiya) ulushi olishi kutilmoqda. Bu Inouening faoliyatidagi eng katta to‘lov bo‘ladi.  Avvalgi rekordi — koreyalik Yu Jun Kimga qarshi jangdan tushgan $7 million edi.

Da’vogar sifatida ringga chiqadigan Murodjon Ahmadaliyev esa bu jangdan kafolatlangan $5 million to‘lov oladi. Shuningdek, unga $1 million PPV ulushi ham yoziladi. O‘zbekistonlik bokschining umumiy daromadi $6 millionni tashkil etadi. Bu Ahmadiyevning faoliyatidagi eng katta gonorar bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev professional faoliyati davomida 15 ta jang o‘tkazib, ularning 14 tasida g‘alaba qozongan, 1 jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Naoya Inoue esa 30 marta ringga ko‘tarilgan va barcha janggida zafar quchgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Angliyaning Liverpul shahrida bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida to‘qqiz nafar o‘zbekistonlik bokschi medalni naqd qilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek