
Xitoyda yangilangan Voyah Dreamer 2026 avtomobili taqdim etildi. Bu haqda Mydrivers nashri xabar bermoqda.
Avtomobilning o‘lchamlari 5315×1980×1820 mm, g‘ildirak bazasi esa 3200 mmni tashkil etadi. Salonida 15,6 dyuymli markaziy ekran, 29 dyuymli AR-HUD proyeksiya displeyi, raqamli panel va simsiz quvvatlash tizimi o‘rnatilgan. Orqa qatordagi yo‘lovchilar uchun elektrli pardalar, 13 litrli sovutish va isitish funksiyasiga ega muzlatkich hamda 17,3 dyuymli 3K ekran mavjud. Shuningdek, massaj, isitish funksiyalariga ega kreslolar ham taklif etiladi.

Model elektr va gibrid versiyalarda ishlab chiqariladi. Eng kuchli gibrid modifikatsiya 62,5 kVt·soat sig‘imli batareya, 800 voltli tezkor zaryadlash tizimi va 1500 km gacha umumiy yurish masofasini ta’minlaydi. Faqat elektrda esa 350 km bosib o‘tish mumkin. Zaryadni 20 foizdan 80 foizgacha atigi 12 daqiqada to‘ldirish mumkin.
Ikki dvigatelning umumiy quvvati 653 ot kuchiga, momenti esa 810 Nm ga teng. Mashina 0 dan 100 km/soat tezlikka 5,9 soniyada chiqadi. Batareya bo‘sh holatda yoqilg‘i sarfi 5,4 litrni tashkil etadi.
Komplektatsiyaga qarab, avtomobil pnevmatik osma tizimi «kovra-samolyot» funksiyasi, orqa g‘ildiraklarning burilish mexanizmi va Huawei lidarlariga asoslangan ilg‘or haydovchi yordamchilari bilan jihozlanishi mumkin.
Narxlar $46,3 mingdan $61,7 minggacha o‘zgaradi.
Eslati o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Voyah Taishan avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.