Boks. O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda tantanali kutib olindi — foto

16-sentabr 2025 11:11 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: Olympic.uz

16-sentabr kuni tongda Angliyaning Liverpul shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda tantali kutib olindi. Marosimda Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, shuningdek, sportchilarning yaqinlari ham ishtirok etdi.

Foto: Olympic.uz
Foto: Olympic.uz
Foto: Olympic.uz
Foto: Olympic.uz
Foto: Olympic.uz
Foto: Olympic.uz
Foto: Olympic.uz
Foto: Olympic.uz
Foto: Olympic.uz

Dunyoning 68 mamlakatidan kelgan 540 nafar bokschi qatnashgan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Xususan, Abdumalik Xalokov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Fazliddin Erkinboyev, Javohir Ummataliyev, Akmaljon Isroilov, To‘rabek Habibullayev oltin; Navbahor Hamidova, Jahongir Zokirov kumush; Sabina Boboqulova, Feruza Kazakova va Aziza Zokirova bronza medaliga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev mutlaq jahon chempionligi unvoni uchun kechgan jangda yaponiyalik Naoya Inouega mag‘lub bo‘lgandi. Jang to‘liq 12 raunda davom etgan va hakamlar bir ovozdan Inouening g‘alabasini qayd etishgandi.

Shuningdek