19 ming dollarlik Haval Big Dog Plus taqdim qilindi

16-sentabr 2025 11:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
haval
19 ming dollarlik Haval Big Dog Plus taqdim etildi / Foto: Haval

15-sentabr kuni Great Wall Motor kompaniyasi tomonidan yangi Haval Big Dog Plus avtomobili rasman taqdim etildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Model besh xil komplektatsiyada sotuvga chiqdi, narxi 135,800 yuandan ($19,100) boshlanib, 183,800 yuangacha ($25,800) yetadi. Avtomobil PHEV va ICE versiyalarida taqdim etilgan.

Tashqi ko‘rinish va o‘lchamlar

Foto: haval

Big Dog Plus ikkinchi avlod Haval Big Dog asosida yangilangan bo‘lib, old qismida yirik Haval yozuvi tushirilgan yangi yoritiluvchi panjara o‘rnatilgan. Dumaloq faralar saqlab qolingan. Yon tomonlarda esa g‘ildirak qopqoqlari mixsimon bezak bilan mustahkamlangan. Uning uzunligi 4705 mm, eni 1908 mm, balandligi 1780 mm. G‘ildirak bazasi 2810 mmni tashkil etadi. Yondashish burchagi 24°, chiqish burchagi 30°, maksimal suvdan o‘tish chuqurligi 560 mm. Xaridorlar besh xil kuzov rangi orasidan tanlashlari mumkin.

Foto: Haval

ICE versiyasi

Benzinli variant ikki xil motor bilan taklif qilinadi:

  • 1,5T motor (GW4B15L) — 135 kVt (181 ot kuchi), 275 Nm, 7 pog‘onali DCT;
  • 2,0T motor (GW4N20A) — 175 kVt (235 ot kuchi), 385 Nm, 9 pog‘onali DCT.

Yonilg‘i sarfi WLTC sikliga ko‘ra 7,64 – 8,58 l/100 kmni tashkil etadi.

Haval Big Dog Plus avtomobili qanday narxda sotiladi / Foto: Haval

PHEV versiyasi

Gibrid model 1,5T motor (GW4B15M) va ikkita elektromotor bilan jihozlangan. Old motor 70 kVt (94 ot kuchi), 160 Nm, orqa motor 150 kVt (201 ot kuchi), 350 Nm quvvat ishlab chiqaradi. Ikki xil batareya hajmi taqdim etilgan:

  • 18,74 kVt·soat — 105 km elektr yurish masofasi;
  • 27,54 kVt·soat — 150 km elektr yurish masofasi.

WLTC sikliga ko‘ra o‘rtacha yonilg‘i sarfi 1,13–1,65 l/100 km.

Salon va texnologiyalar

Salon hozirgi avloddagi kabi, ammo yangi ikki qirrali sport uslubidagi rul o‘rnatilgan. 12,3 dyuymli raqamli panel va 14,6 dyuymli markaziy sensorli ekran qo‘llanilgan. Boshqaruv paneli ostida jismoniy tugmalar saqlanib qolgan. Avtomobil GWM’ning Coffee OS 3.0 tizimida ishlaydi, ovozli buyruqlarni qayta ishlash tezligi esa 250 millisekundgacha qisqargan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Buick Electra L7 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek