Messining «Barselona»dagi ilk mavsumiga oid noyob kartasi rekord narxga sotildi

16-sentabr 2025 11:54 eʼlon qilindi

Nasrullo Karimov

Nasrullo Karimov

Muxbir
Foto: CNN

Sport kartalari savdosiga ixtisoslashtirilgan yirik savdo majmuasida Lionel Messining «Barselona» safidagi debyut mavsumi — 2004/2005-yilga oid «rookie» kartasi 1,5 million dollarga sotildi. Bu mazkur turdagi mahsulotlar uchun mutlaq rekord hisoblanadi, deb xabar bermoqda ESPN.

Foto: Fanatics Collect

Ushbu karta Mike Baker Authenticated Diamond, PSA, Beckett Services va Sportscard Guaranty Corporation sertifikatlariga ega bo‘lib, ular kolleksionerlar orasida elit maqom belgisi sifatida qaraladi.

Ma’lumot uchun, Messi aynan o‘sha mavsumda, 17 yoshida «Barselona»ning asosiy jamoasi safida ilk bor maydonga tushgandi. Hozirda esa 38 yoshli argentinalik futbolchi MLSning «Inter Mayami» klubi sharafini himoya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshining «Nasaf» klubi Elit Osiyo chempionlar ligasi umumiy bosqichining ilk turida Saudiya Arabistonining «Al Ahli» jamoasiga mag‘lub bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek