
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasidagi nechta futbolchilar jarohat olgani va jamoada charchoq sezilayotganini ma’lum qildi.
«Bizda charchoq juda ko‘p. Jon Stouns milliy jamoadan jarohat bilan qaytdi, Sherki, Ayt-Nuri va Ake uzoq muddatga safdan chiqqan. Endi esa Husanov ham jarohat oldi. Shu sababli formaga qaytish jarayonida bo‘lgan futbolchilarni ham maydonga tashlashimizga to‘g‘ri kelmoqda. Agar siz men taqvimdan shikoyat qilyapsiz, desangiz – ha, to‘g‘ri. Men taqvimdan shikoyat qilyapman», dedi Gvardiola.
Abduqodir Husanov 21-sentabr kuni Londonning «Arsenal» klubiga qarshi bahsda birinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazib, ikkinchi bo‘limda Mateus Nunesga almashtirilgan edi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Ayni damda Angliya Premyer-ligasida «Arsenal» 15 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Manchester Siti» esa 7 ochko jamg‘arib, to‘qqizinchi pog‘onani egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Manchester Siti» safarda «Arsenal» bilan durang o‘ynagani haqida yozgan edi.