Selena Gomez va Benny Blanko turmush qurdi — foto

29-sentabr 2025 11:22 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Selena Gomez va Benny Blanko turmush qurdi — rasm / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Mashhur qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomez hamda taniqli prodyuser Benny Blanko Santa-Barbarada nikohdan o‘tdi. Bu haqda Vogue jurnali ma’lum qildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Unga ko‘ra, san’atkorlar 2024-yil dekabrida unashtirilgan bo‘lib, marosim 2025-yilning eng muhim shou-biznes voqealaridan biri sifatida qayd etildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Kelin marosim uchun Ralph Lauren tomonidan tikilgan oq libosni tanladi. Kuyov esa klassik qora smokingda qatnashdi. Tadbir Santa-Barbaradagi Sea Crest Nursery bog‘ida bo‘lib o‘tdi. Tabiiy manzaralar fonida tashkil etilgan to‘yga 170 nafar mehmon taklif qilindi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Mehmonlar orasida Selenaning yaqin do‘stligi Taylor Swift, shuningdek, aktyorlar Pol Radd, Martin Short va Stiv Martin bo‘lishdi. Mashhurlar juftlikni tabriklab, ijtimoiy tarmoqlarda iliq so‘zlar qoldirdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ma’lumot uchun, Selena va Benny munosabatlari 2023-yilda ommaga oshkor qilingan. Aslida ular 2015-yildan buyon ijodiy hamkorlik qilib kelgan va ko‘plab mashhur qo‘shiqlarda birga ishlashgan. Ularning san’atdagi hamkorligi 2025-yilda qo‘shma albom bilan mustahkamlandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jastin Bieberning rafiqasi Hailey Bieber o‘zining Rhode brendini $1 milliardga sotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek