OnePlus 15 smartfonining kamera imkoniyatlari taqdim etildi — foto

30-sentabr 2025 15:07 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
OnePlus 15 smartfonining kamera imkoniyatlari namoyish etildi / Foto: Weibo

OnePlus kompaniyasi tomonidan OnePlus 15 smartfoning kamera imkoniyatlari e’lon qilindi. Bu haqda Weibo tarmog‘ida ma’lum qilindi.

Rasmlar yuqori aniqlikda bo‘lib, qurilmaning asosiy imkoniyatlarini ko‘rsatib bergan. Smartfon tekis 165 Hz yangilanish chastotali panel va atigi 1,15 mm qalinlikdagi tor ramka bilan chiqadi. Ekran 1,5K aniqlikka ega. Qurilma Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessorida ishlaydi, Geekbench esa 16 GB tezkor xotiraga ega versiyasini tasdiqlagan. OnePlus 15 Android 16’da ishlaydi: Xitoy bozorida ColorOS 16, xalqaro bozorda esa OxygenOS 16 bilan taqdim etiladi.

Kamera imkoniyatlari ham e’tiborga molik. Flagman 50 MP asosiy sensor (OIS va f/1.6 diafragma bilan), 50 MP periskopik Samsung JN5 moduli 3 baravar optik zum bilan va keng burchakli modulni oladi. Kamera yangi Detail Max algoritmi yordamida ishlaydi.

OnePlus 15 7000 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 100 Vt tezkor simli va 50 Vt quvvatli simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi smartfon taqdimoti oktabr oyida bo‘lib o‘tadi. Kecha kompaniya qurilmani birinchi bor old va orqa tomonlari bilan rasmiy suratlarda namoyish qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus 15 smartfonining yangi xususiyatlari oshkor bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek