Xiaomi 17 seriyasi atigi ikki kunda milliondan ortiq sotildi

2-oktabr 2025 16:18 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Xiaomi 17 Pro smartfoni
Xiaomi 17 seriyasi atigi ikki kunda milliondan ortiq sotildi / Foto: Comss

Xiaomi kompaniyasi Xiaomi 17 seriyasi qisqa vaqt ichida rekord darajadagi savdo ko‘rsatkichlariga erishganini ma’lum qildi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar berdi.

Kompaniya prezidenti Lu Veybinnning aytishicha, atigi ikki kun ichida ushbu seriyadan bir milliondan ortiq qurilma sotilgan.

Shuningdek, savdoda ayniqsa Xiaomi 17 Pro Max modeli katta ulushni egalladi. Undan keyin Pro versiyasi yetakchilik qildi. Har ikkisi ham 6 ming yuandan (taxminan $840) yuqori narxda sotilayotgan bo‘lsa-da, xaridorlar qiziqishi yuqori bo‘lib, Xiaomi flagman liniyasi yangi bosqichga ko‘tarilgani qayd etildi.

Dastlab oddiy Xiaomi 17 modelida 1TB xotirali variant yo‘qligi tanqidga sabab bo‘ldi. Kompaniya tezkor choralar ko‘rib, ushbu sig‘imdagi versiyani 5-oktabrdan 5 299 yuan (taxminan $745) narxda savdoga chiqarilishini e’lon qildi. Bu esa oldingi Xiaomi 15 seriyasidagi shunga teng variantdan 200 yuanga ($28) arzon.

Lu Veybinning ta’kidlashicha, Xiaomi 17 seriyasi allaqachon savdo tezligi bo‘yicha Xiaomi 15’ni ortda qoldirdi. Umumiy hajmlar ham avvalgi avloddan yuqori bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Yuqori talab va ayrim konfiguratsiyalarda ta’minot cheklangan bo‘lsa-da, Xiaomi ishlab chiqarishni kengaytirishga va’da berdi. Mutaxassislarga ko‘ra, rekord darajadagi birinchi kun savdolari va qimmat modellarga kuchli talab kompaniyaning yangi flagman strategiyasi muvaffaqiyatli kechayotganini ko‘rsatmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 17 Pro va 17 Pro Max taqdim etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek