Toyota yangi Century Coupe modelini taqdim etdi

3-noyabr 2025 08:23 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Toyota yangi Century Coupe modelini taqdim etdi / Foto: Toyota

Toyota kompaniyasi o‘zining eng nufuzli modeli – Century asosida yaratilgan yangi Century Coupe avtomobilini taqdim etdi. Bu haqda Carscoops nashri ma’lum qildi.

Foto: Toyota

Bu ikki eshikli kupe 60 qatlamli to‘q sariq bo‘yoq, futuristik salon va yuqori darajadagi qulaylik bilan ajralib turadi.

Yangi Century endilikda Lexusdan ham yuqori toifadagi alohida brendga aylanadi. U hashamatli avtomobillar olamida Rolls-Royce va Bentley kabi gigantlarga raqobatchi bo‘ladi.

Foto: Toyota

Salon dizayni zamonaviy texnologiyalar va klassik an’analarni uyg‘unlashtirgan – raqamli panel, «shturval» uslubidagi rul, qo‘lda ishlangan qoplamalar hamda analog soatlar avtomobilga o‘ziga xos nafislik beradi.

Foto: Toyota

Toyota, shuningdek, Century liniyasi doirasida yana to‘rtta modelni taqdim etdi: ikkita restavratsiya qilingan sedan, maxsus yo‘ltanlamas versiyasi va sport ko‘rinishdagi GR Century. Shu tariqa Century brendi hashamatli avtomobillar olamida yangi davrni boshlab berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toyota bZ Time Attack Concept elektr krossoveri taqdim etilgan edi.

Shuningdek