Realme GT8 Pro Yevropada ikki baravar qimmat bo‘ladi

12-noyabr 2025 11:18 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Realme
Foto: Realme

Realme kompaniyasining yangi flagmani Realme GT8 Pro Yevropa bozorida Xitoydagiga nisbatan ikki baravar qimmat narxda sotuvga chiqadi.

Fransiyaning Dealabs nashri ma’lum qilishicha, 12/256 GB versiya uchun Yevropada narx 1100 yevro, Xitoyda esa atigi $560 narxda sotiladi.

Yevropada 16/512 GB modifikatsiyasi 1,2 ming yevro, maxsus Aston Martin Racing Green talqini esa 1,3 ming yevro turadi. Xitoyda eng yuqori – 16 GB RAM va 1 TB xotirali varianti $730 etib baholangan.

Realme GT8 Pro 21-oktabr kuni Xitoyda taqdim etilgan. U 2K 144 Hz chastotali ekran, 200 megapikselli Ricoh GR kamera va 6x lossless zoom bilan jihozlangan. Smartfon Snapdragon 8 Elite Gen 5 protsessori asosida ishlaydi.

Korpus IP69 himoya standarti bilan chang va suvga chidamli. Akkumulyator sig‘imi 7000 mA/soat, u 120 Vt tezkor simli va 50 Vt simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi GT8 Pro kuchli texnik imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, Yevropadagi yuqori narxi uni Xitoy bozoridagi eng jozibali flagman maqomidan mahrum qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan yangi Realme C85 Pro smartfoni haqida nimalar ma’lumligi haqida yozgan edi.

Shuningdek