Krishtianu Ronaldu ispan MMA kompaniyasidan ulush xarid qildi

28-noyabr 2025 11:39 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Ronaldu instagram sahifasi

Portugaliyalaik futbolchi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning WOW FC aralash jang san’atlari MMA kompaniyasidan ulush xarid qildi. Bu haqda Sportsnet.ca nashri xabar bermoqda.

WOW FC’ning asosiy hamkorlaridan biri UFC yengil vazn chempioni Iliya Topuriya hisoblanadi. Ronaldu MMA sportini o‘ziga yaqin qadriyatlar mujassam bo‘lgan soha deb atagan. U intizom, hurmat, matonat va mukammallikka intilish sportning asosiy negizi ekanini ham ta’kidlagan.

40 yoshli Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubida o‘ynamoqda. U besh karra «Oltin to‘p» sohibi, besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi va futbol tarixida rasmiy o‘yinlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. 2024-yilda u ilk bor ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachi to‘plagan sportchi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Ronaldu Portugaliya U-17 jamoasini jahon chempionligi bilan qutlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek