Xiaomi Watch 5 EKG funksiyasi bilan taqdim etildi

25-dekabr 2025 12:14 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Xiaomi Watch 5 EMG va EKG funksiyalari bilan taqdim etildi / Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi Xiaomi Watch 5 smart soatini bir qator yangi funksiyalar bilan taqdim etdi. Bu haqda Weibo ma’lum qildi.

Qurilma ishlash tezligidan tortib tibbiy funksiyalargacha sezilarli yangilanishlarga ega. Xiaomi Watch 5 asosida yuqori ishlash va energiya samaradorligini ta’minlovchi Snapdragon W5 yagona chipli tizimi yotadi.

Soatning eng muhim yangiligi – unda birinchi marta mushak faolligini o‘lchaydigan elektromiografiya (EMG) va yurak ritmini tahlil qiladigan elektrokardiogramma (EKG) sensori o‘rnatilganidir. Ushbu funksiyalar sog‘liq holatini va jismoniy faollikni batafsil kuzatmoqchi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, qurilma eSIM versiyasida ham, smartfondan mustaqil ravishda ishlaydi. Soat orqali internetga ulanish, qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va onlayn xizmatlardan foydalanish mumkin.

Ma’lumot uchun, Xiaomi Watch 5 ning taqdimoti 25-dekabr kuni Xiaomi 17 Ultra bilan birga o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Honor Watch X5 smart soatining xususiyatlari haqida yozgan edik.

Shuningdek