Abduqodir Husanov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi

4-yanvar 2026 15:32 eʼlon qilindi

(4-yanvar 2026 21:43 yangilandi)
Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Abduqodir Husanov
Foto: O‘FA

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 2025-yil yakunlariga koʻra, Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb e’tirof etildi. Ushbu e’tirof Goalpost nashri tomonidan oʻtkazilgan ovoz berish natijalariga koʻra berildi.

Soʻrovnomada Husanov Osiyoning bir qator istiqbolli yosh futbolchilarini ortda qoldirdi. Nomzodlar orasida oʻzbekistonlik Abbos Fayzullayev, Avstraliya, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Iroq, Yaponiya va boshqa mamlakatlar vakillari ham bor edi.

Foto: Goalpost

21 yoshli himoyachi 2025-yil yanvar oyida «Manchester Siti» safiga qoʻshilib, Angliya Premyer-ligasida maydonga tushgan ilk oʻzbekistonlik futbolchi sifatida tarixga kirdi. Iyun oyida esa Husanov terma jamoa safida Oʻzbekistonning Jahon chempionatiga yoʻllanma olishi jarayonida muhim rol oʻynadi.

Joriy mavsumda futbolchi Angliya klubida 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shuningdek, The Athletic nashri tuzgan Jahon chempionatida ishtirok etishi kutilayotgan eng kuchli 100 nafar futbolchi reytingida 86-oʻrinni egalladi.

Foto: Goalpost

Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov ayni paytda Osiyodagi eng qimmat futbolchilardan biri sanaladi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 mln yevroga baholamoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov «Real Madrid»ga oʻtishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek