«Manchester Siti» «Nyukasl»ni yengan o‘yinda Husanov eng yuqori ballga loyiq ko‘rildi

14-yanvar 2026 09:57 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Abduqodir Husanov
Foto: Sportnet.hr

Angliya Liga Kubogi yarim finalida «Manchester Siti» safarda «Nyukasl» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Abduqodir Husanov uchrashuvda to‘liq harakat qildi va eng yuqori ballga loyiq ko‘rildi.

«Sen-Jeyms Park» stadionida o‘tgan bahsda hisob 53-daqiqada Antuan Semenyo tomonidan ochildi. O‘yinning 90+9-daqiqasida Rayan Sherki ikkinchi golni kiritib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 5-fevral kuni Manchester shahridagi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Foto: Sofascore

Abduqodir Husanov o‘yin davomida 76 marta to‘pga tegindi. Futbolchi jami 62 marta uzatma amalga oshirgan bo‘lib, shulardan 58 tasi aniq manzilga yetib borgan (94 foiz). Shuningdek, u 26 marta uzoq masofaga uzatmani amalga oshirdi va ulardan 25 tasida (96 foiz) aniqlik ko‘rsatdi. Sofascore portali himoyachining harakatlarini 8,1 ball bilan baholadi.

Ma’lumot uchun, yarim finalning ikkinchi juftligi «Chelsi» va «Arsenal» o‘rtasidagi bahs 15-yanvarga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da Londondagi «Stemford Brij» stadionida start oladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» «Ekseter Siti»ni yirik hisobda mag‘lub etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek