Senegal Afrika Millatlar Kubogi finalida Marokashni magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritdi

19-yanvar 2026 10:39 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Foto: cafonline.com

Marokash poytaxti Rabat shahrida bo‘lib o‘tgan Afrika Millatlar Kubogi finalida Senegal terma jamoasi mezbon Marokash ustidan g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi.

Final uchrashuvi kutilmagan voqealar va futbol tarixida kamdan-kam uchraydigan mojarolar bilan yodda qoldi. O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi, biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda kongolik hakam VAR tizimiga murojaat qilib, Senegal darvozasiga penalti belgiladi.

Foto: Getty Images

Ushbu qarordan norozi bo‘lgan Senegal bosh murabbiyi Pape Tiau shogirdlarini maydondan olib chiqib ketishga buyruq berdi. Stadionda yuzaga kelgan tartibsizlik va bahslar sababli o‘yin naq 14 daqiqaga to‘xtab qoldi. Sadio Mane jamoadoshlarini tinchlantirib, maydonga qaytishga ko‘ndirdi.

Foto: Getty Images

O‘yin qayta tiklangach, «Real Madrid» yulduzi Brahim Diaz belgilangan penaltini ijro etdi. Biroq Senegal posboni Eduard Mendi to‘pni qiyinchiliksiz egallab oldi. Ruhiy ustunlikni qo‘lga olgan senegalliklar qo‘shimcha bo‘limlarda tashabbus ko‘rsatishdi. O‘yinning 94-daqiqasida Idris Gana Geyening uzatmasidan so‘ng, Pape Geye darvoza tomon kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochdi, 1:0. Ushbu gol yakunda Senegalga chempionlikni taqdim etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQShdagi sayohat taqiqlari «JCh – 2026»da Senegal muxlislariga muammo tug‘dirishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek