
Xiaomi kompaniyasi bolalar uchun mo‘ljallangan yangi aqlli soat — Kids Watch modelini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina nashri ma’lum qildi.
Ushbu soat boshqa bolalar soatlaridan narxi bilan farq qiladi va $200 ni tashkil etadi. Qurilmaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, korpus soat kamaridan qisman chiqarib olinishi mumkin. Shu tarzda soat qo‘lga taqilganda vertikal holatga keladi, bu esa videqo‘ng‘iroqlar uchun qulaylik yaratadi. Soat 5 MP aniqlikdagi old kamera bilan jihozlangan bo‘lib, korpus vertikal holatga kelganda 8 MP aniqlikdagi orqa kamera ham ishlaydi.

Soat 1,75 dyuym diagonalga ega AMOLED ekran, 450 x 390 piksel aniqlik, 1/16 GB xotira va 740 mA·soat sig‘imli batareya bilan ta’minlangan.
Shuningdek, Kids Watch tezkor quvvatlash, suvdan himoya, GPS, BeiDou, GLONASS, Galileo va QZSS tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi hamda ota-onalarga bolalarning joylashuvini kuzatish imkonini beradi. Qurilma ovozli va videqo‘ng‘iroqlar, ovozli xabarlar yuborishni qo‘llab-quvvatlaydi va bolalar uchun moslashtirilgan WeChat hamda QQ ilovalariga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 3300 yevrolik Huawei Watch Ultimate Design Royal Gold soati namoyish etilgan edi.