Qaysi brendlar eng yaxshi avtomobillarni ishlab chiqaradi

25-yanvar 2026 16:07 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Qaysi brendlar eng yaxshi avtomobillarni ishlab chiqaradi?
Foto: Car and driver

Consumer Reports hisobotida bir nechta brendlar ishonchlilik, egalar qoniqishi, xavfsizlik va yo‘l sinovlari natijalari asosida baholandi. Baholashda yangi avtomobillarning Overall Score ko‘rsatkichi asos qilib olindi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, reytingda yana bir bor Subaru birinchi o‘rinni egalladi. Consumer Reports mutaxassislarining ta’kidlashicha, Subaru avtomobillari sinov paytida darhol bilinmaydigan afzalliklarga ega. Brend ishonchli texnik qismlardan foydalanadi, zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan va favqulodda vaziyatlarda tormozlash hamda boshqaruv testlarida yuqori natija ko‘rsatadi.

Foto: Avtostat

Ikkinchi o‘rinni BMW egalladi. Mutaxassislar BMW’ni hashamatli avtomobillar orasida mezon sifatida baholamoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu brend uzoq yillardan buyon nafaqat haydash zavqi, balki ishonchlilik bo‘yicha ham Yevropadagi raqobatchilaridan ustun kelmoqda.

Reytingda yuqori o‘rinlardan joy olgan brendlar qatorida Honda, Toyota va Lexus ham bor. Biroq Lexus bu yil oltinchi o‘ringa tushib ketdi. Bunga ayrim modellarning ishonchliligi pasaygani va mashhur ES sedani vaqtincha taklifdan chiqarilgani sabab bo‘lgan.

Foto: Linkoln

Eng katta ijobiy siljishni Lincoln ko‘rsatdi. Brend bir yil ichida 17 pog‘onaga ko‘tarilib, sezilarli natijaga erishdi. Consumer Reports bunga Lincoln’ning model qatori eskirgan bo‘lsa-da, aynan shu omil avtomobillar ishonchliligini oshirganini sabab qilib ko‘rsatmoqda. Tesla ham sakkiz pog‘ona yuqorilab, reytingda holatini yaxshilagan.

Shu bilan birga, ayrim kompaniyalar uchun yangi modellar salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Masalan, Audi’da yangi elektromobillar ishonchlilik bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqardi va brend reytingda 10 pog‘onaga pastladi. Modellar soni kam bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar esa bitta muvaffaqiyatsiz avtomobil sabab umumiy bahosini keskin yo‘qotishi mumkin. Chrysler bunga yaqqol misol bo‘lib, uning yagona miniven modellari ishonchliligi past baholangan.

Foto: Audi

Consumer Reports mutaxassislari xaridorlarga faqat umumiy brend reytingiga emas, balki tanlanayotgan aniq modelning Overall Score va prognoz qilinayotgan ishonchliligiga e’tibor qaratishni tavsiya qilmoqda. Hatto yuqori sifat bilan tanilgan brendlar ham ayrim muvaffaqiyatsiz avtomobillarni ishlab chiqarishi mumkinligi qayd etilgan.

Reyting:

ReytingBrendUmumiy ballYo‘l sinoviIshonchlilikEgalar qoniqishi
1Subaru828844
2BMW828934
3Porsche798444
4Honda768344
5Toyota757744
6Lexus758044
7Lincoln758233
8Hyundai748534
9Acura738034
10Tesla728134
11Mini727734
12Kia728334
13Nissan707333
14Mazda698133
15Genesis698324
16Audi698633
17Cadillac687924
18Ford677434
19Mitsubishi677233
20Buick657133
21Volvo658023
22Volkswagen658033
23Mercedes-Benz648123
24Chevrolet627524
25Chrysler618323
26Rivian587925
27Alfa Romeo557324
28Dodge556724
29GMC557224
30Land Rover526724

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri avtomobillarda eng ko‘p uchraydigan muammolar haqida yozgan edi.

Shuningdek