iPhone 17e MagSafe’ni qo‘llab-quvvatlaydi, narxi esa oshmaydi

9-fevral 2026 18:27 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Apple

Apple yaqin kunlarda iPhone 17e modelini taqdim etishi kutilmoqda. Bloomberg nashrining xabar berishicha, yangi smartfon texnik jihatdan sezilarli darajada yaxshilanadi, biroq narx siyosati o‘zgarmaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, iPhone 17e ichki qismida Apple’ning eng yangi A19 protsessori bilan jihozlanadi. Bu esa qurilmaning unumdorligini iPhone 16e modeliga nisbatan sezilarli oshiradi. Shuningdek, foydalanuvchilar uzoq vaqtdan beri kutgan MagSafe texnologiyasi ham ilk bor «e» seriyasida paydo bo‘ladi. Bu magnitli aksessuarlar va simsiz quvvatlashdan foydalanishni ancha qulaylashtiradi.

Yana bir muhim yangilik — iPhone 17e Apple’ning o‘zida ishlab chiqilgan aloqa chiplariga ega bo‘ladi. Smartfon C1X modem va N1 simsiz aloqa adapteri bilan ta’minlanadi, bu esa barqaror aloqa va energiya samaradorligini oshirishi kutilmoqda.

Bloomberg’ning ta’kidlashicha, barcha yangilanishlarga qaramay, iPhone 17e’ning boshlang‘ich narxi $600 darajasida saqlanib qoladi. Bu esa qurilmani kuchli, ammo nisbatan hamyonbop iPhone izlayotgan foydalanuvchilar uchun jozibador variantga aylantiradi.

Yangi iPhone 17e rasmiy taqdimoti 19-fevral kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone 17e sotib olishga arziydimi yo‘qmi shu haqida yozgandi.

Shuningdek