
Rossiyada eng arzon bo‘lgan «Moskviсh 3» krossoveri qimmatlashdi. Bu haqda «Avtonovosti dnya» ma’lum qildi.
«Moskviсh» zavodi mexanik uzatma va variatorga ega «Standart plus», shuningdek, «Komfort» versiyalarini telematikasiz taklif qilmaydi. Barcha yangi avtomobillar «Moy Moskviсh» yoki «M-Kontrol» tizimi bilan jihozlanadi.
O‘zgarishlardan oldin eng arzon variant 1 945 000 rubl ($21 ming) bo‘lgan.
Telematikasiz arzon versiyalar bekor qilinishi xaridor tanlovini chekladi. Endilikda pastroq narx evaziga soddaroq komplektatsiyani tanlash imkoni yo‘q.
Narx:
| Komplektatsiya | Narx (rubl) | Narx (dollar) |
|---|---|---|
| Standart Plus Telemetika, MKP | 1 952 000 | $21,7 ming |
| Standart Plus Telemetika, CVT | 2 041 000 | $22,7 ming |
| Komfort Telemetika, CVT | 2 175 000 | $24,2 ming |
| Standart Plus Telemetika MY26, MKP | 1 952 000 | $21,7 ming |
| Standart Plus Telemetika MY26, CVT | 2 041 000 | $22,7 ming |
| Komfort Telemetika MY26, CVT | 2 175 000 | $24,2 ming |
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri tank shaklidagi «Buxanka» Chevrolet Tracker narxida sotuvga qo‘yilgani haqida yozgan edi.