iPhone 18 Pro Max qanday batareya bilan chiqadi

11-fevral 2026 12:21 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iPhone 18 Pro Max qanday batareya bilan chiqadi
Foto: Notebookcheck

Apple’ning 2026-yilgi flagmani – iPhone 18 Pro Max rekord sig‘imli batareya bilan (Apple uchun) jihozlanishi kutilmoqda. Bu haqda Gagadjet ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, fizik SIM-slotli versiyada batareya sig‘imi 5 000 mAh’ga yetadi. Faqat eSIM’li variantda esa ko‘rsatkich 5 200 mAh bo‘ladi. Taqqoslash uchun, iPhone 17 Pro Max modeli 4 823 mAh va 5 088 mAh batareyaga ega.

Apple odatda batareya sig‘imi bo‘yicha raqobatchilardan ortda qoladi. Biroq amaliy avtonomlik yuqori bo‘lib kelgan. Yangi modelda esa nafaqat sig‘im oshadi, balki energiya samaradorligi ham yaxshilanadi.

Xabarga ko‘ra, smartfon 2 nm texnologiyada ishlab chiqariladigan Apple A20 Pro chipi bilan ishlaydi. Shuningdek, yangi Apple C2 modemi kamroq energiya talab qiladi.

iPhone 18 seriyasi 2026-yil sentabr oyida taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri qaysi smartfonlar brendi uzoqroq xizmat qilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek