
Xitoyda taqdim etilgan yangi Xiaomi Watch 5 soatlari endi xalqaro bozorlarga, jumladan Yevropa mamlakatlariga yo‘naltirilmoqda. Bu haqda GSMArena ma’lum qildi.
Texnik xususiyatlari
Xiaomi Watch 5 930 mA/soat sig‘imli katta batareya bilan jihozlangan. U 1,54 dyuymli AMOLED-ekranga ega (480×480 piksel, maksimal yorqinligi 1500 nit), 2,6 mm qalinlikdagi dumaloq bezel va 5 ATM suvga chidamlilik mavjud. Qurilmada Snapdragon W5 Gen 1 chipi va energiya tejovchi BES2800 protsessor ishlaydi. Shuningdek, Bluetooth 5.4, yurak urishi sensori, qon kislorodini o‘lchaydigan sensor, EKG-sensor, akselerometr, giroskop, kompas, barometr va yorqinlik sensori mavjud.
EMG va sport imkoniyatlari
Soatlarda EMG-sensor mavjud bo‘lib, qo‘l mushaklaridan keladigan elektr signallarini imo-ishoralarga aylantirish imkonini beradi. Qurilma 150 dan ortiq sport rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Narxi va versiyalari
Soatlarning global versiyasi Wear OS tizimida ishlaydi. Chexiyada 329 evro atrofidagi narxda sotiladi. Qurilma yashil (Juniper Green) va qora ranglarda taqdim etiladi. Soatning eSIM funksiyasiga ega versiyasi ham Yevropada sotuvga chiqishi kutilmoqda.
O‘lchamlari va og‘irligi
Xiaomi Watch 5 o‘lchamlari 47 x 47 x 12,3 mm, og‘irligi esa 56 g.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xiaomi bolalar joylashuvini kuzatish imkonini beruvchi smart soat taqdim etgan edi.

