Hongqi kompaniyasi ilk yo‘ltanlamas avtomobilini taqdim etadi

18-fevral 2026 17:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Hongqi ilk yo‘ltanlamas avtomobilini taqdim etadi
Foto: Dongchedi

Xitoyning Hongqi premium brendi ilk yo‘ltanlamas avtomobilini qishki sinovlar vaqtida namoyon qildi. Bu haqda CarNewsChina nashri ma’lum qildi. Yangi model to‘rtta elektromotor bilan jihozlanadi.

Sinovdagi avtomobil qalin kamuflyaj bilan yopilgan bo‘lsa-da, uning klassik burchakli kuzov shakli saqlab qolingan. Old qismda Hongqi’ga xos yirik «sharshara» uslubidagi radiator panjarasi mavjud. Tom qismida LiDAR sensori o‘rnatilgani ko‘rinadi, bu esa ilg‘or haydovchi yordam tizimlari qo‘llanilishini anglatadi. Shuningdek, dumaloq faralar, an’anaviy eshik tutqichlari, tom relslari va orqa tomonga tashqi joylashtirilgan zaxira g‘ildirak ham bor. Model uzunligi 5 metrdan oshadi, g‘ildirak bazasi esa 2950 mmni tashkil etadi.

Foto: Sohu

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil to‘rtta elektromotor bilan jihozlanadi. Unda old, markaziy va orqa differensial blokirovkalari mavjud bo‘ladi. 0 dan 100 km/soatgacha tezlanish vaqti taxminan 4 soniyani tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich uni nafaqat yo‘ldan tashqari, balki dinamik jihatdan ham kuchli modelga aylantiradi.

Model avval 2025-yilgi Shanxay avtosalonida namoyish etilgan va nom tanlash bo‘yicha ommaviy tanlov e’lon qilingan edi. Yakuniy nomi hali tasdiqlanmagan. Tanlov g‘olibiga 001 davlat raqamli bepul avtomobil va’da qilingan.

Foto: Sohu

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Hongqi HS7 test-dryav qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek