Haval F7 va Dargo qanday motor bilan chiqadi

23-fevral 2026 09:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Haval F7 va Dargo qanday motor bilan chiqadi
Foto: Haval

Xitoyning Haval brendi Rossiyada Haval F7, F7X va Dargo modellarini yangilaydi. Bu haqda «Avtopotok» nashri ma’lum qildi. Modernizatsiya qilingan krossoverlar kuchliroq 2,0 litrli dvigatelga ega bo‘ladi.

Ma’lum qilinishicha, yangilangan motor 200 ot kuchi ishlab chiqaradi. Hozirgi 2,0 litrli agregat esa 192 ot kuchiga ega. Aylanma moment va tortish boshqaruvida yaxshilanish bo‘lishi mumkin.

Xuddi shu dvigatel Haval Dargo modeliga ham o‘rnatiladi. Hozircha boshqa texnik yoki dizayn o‘zgarishlari haqida ma’lumot berilmagan.

Foto: Haval

Ma’lumot uchun, Haval Dargo – brendning yo‘ltanlamas ruhiga ega, biroq kundalik foydalanishga moslashgan krossoverlaridan biridir. Model tashqi ko‘rinishida klassik off-road uslubi aks etadi: tik old qism, yirik radiator panjarasi, to‘g‘ri chiziqli kuzov shakli va baland klirens avtomobilga mustahkam qiyofa beradi. Shu bilan birga, LED optika va zamonaviy dizayn elementlari uni shahar muhitiga ham mos ko‘rsatadi.

Salon keng va funksional tarzda ishlangan. Old panelda yirik sensorli multimedia ekrani joylashgan bo‘lib, u raqamli asboblar paneli bilan uyg‘unlashadi. Interyerda yumshoq materiallar va metallga o‘xshash bezaklar qo‘llanilgan. Old o‘rindiqlar elektr sozlamalar va isitish funksiyasi bilan jihozlanishi mumkin. Orqa qatordagi joy yetarli, yukxona hajmi esa oilaviy safarlar uchun qulay darajada.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Haval H9 yo‘ltanlamasining yangi xususiyatlari ma’lum qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek