Samsung Galaxy S25 Edge va Galaxy Z TriFold kutilgan sotuvlarga erisha olmadi

27-fevral 2026 21:43 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Samsung Galaxy S25 Edge va Galaxy Z TriFold kutilgan sotuvlarga erisha olmadi / Foto: Samsung

Samsung kompaniyasining mobil bo‘limi bosh operatsion direktori Won-Joon Choi Galaxy S25 Edge va Galaxy Z TriFold modellari uchun merosxo‘rlar ustida ishlamayotgani ma’lum qildi. Bu haqda Sammobile xabar berdi.

Galaxy S25 Edge 5,8 mm qalinligi bilan kompaniya tarixidagi eng ingichka smartfon bo‘ldi, biroq sotuvlari kutilgan darajadan ancha past. Buning sabablaridan biri qurilma uchun yuqori narx va batareya sig‘imi hamda asosiy kameraning soddalashtirilgani hisoblanadi.

Galaxy Z TriFold esa to‘liq planshetga aylanadi. Qurilma ishlab chiqilishi katta xarajat va noyob komponentlarni talab qiladi. Ushbu model texnologik yutuqlarning namunasiga aylangan bo‘lsa-da, yuqori narx (AQShda deyarli $3 ming) va texnik murakkablik bilan yuzlashmoqda.

Rasmiy ravishda liniyalar hali yopilmagan. Samsung hozirgi Galaxy S26 seriyasi va klassik bukiladigan qurilmalar (Fold va Flip)ni takomillashtirishga e’tibor qaratishda, yangi shakllarni o‘rganishda davom etmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung smartfon obuna dasturiga yangi imtiyozlar qo‘shgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek