«Malika» bozorida iPhone 17 modellari qanday narxda sotilmoqda

22-mart 2026 15:08 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: TechRax

Toshkentdagi «Malika» bozorida iPhone 17 liniyasiga oid yangi narxlar e’lon qilindi. Bozorda turli konfiguratsiya va rangdagi modellarga talab yuqori bo‘lib, narxlar xotira hajmi va model turiga qarab sezilarli farq qilmoqda. Kursiv Uzbekistan ushbu narxlarni yaqindan o‘rgandi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, nisbatan eng arzon variantlar iPhone 17 (oddiy model)dan boshlanadi. Masalan, 256GB xotirali versiyalar taxminan 12 mln so‘m atrofida sotilmoqda. Rangiga qarab narx biroz o‘zgaradi: Black, White, Blue va boshqa ranglar orasida kichik tafovut bor.

iPhone 17 Air modeli ham bozorda faol sotilmoqda. 256GB xotirali variantlari 12,6 mln so‘mdan 12,8 mln so‘mgacha yetadi. Ushbu model ikki eSIM bilan ishlashi sababli, ayniqsa, zamonaviy foydalanuvchilar orasida talabgir.

Pro segmentga o‘tsak, iPhone 17 Pro narxlari ancha yuqori. 256GB versiyalar o‘rtacha 16,1 mln so‘mdan boshlanib, 18,5 mln so‘mgacha yetadi. 512GB xotirali variantlar esa 19 mln so‘mdan 21,7 mln so‘mgacha chiqadi.

Eng qimmat va flagman model – iPhone 17 Pro Max hisoblanadi. 256GB versiyasi deyarli 18,4 mln so‘mdan boshlanadi va 19,9 mln so‘mgacha boradi. 512GB variantlari esa 21,2 mln so‘mdan 23,4 mln so‘mgacha yetadi. Hatto 1TB va 2TB xotirali modellari ham mavjud bo‘lib, ular mos ravishda 27,9 mln so‘mdan 34 mln so‘mgacha baholanmoqda.

Shuningdek, ayrim sotuvchilar iPhone 17’ni 40% boshlang‘ich to‘lov bilan muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyatini ham taklif etmoqda.

Malika bozorida narxlar juda tez o‘zgaradi – ba’zan hatto kun davomida bir necha bor yangilanadi. Shu sababli xarid qilishdan oldin eng so‘nggi narxlarni aniqlashtirish tavsiya etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Malika» bozori atrofidagi noqonuniy parkovkalarga chora ko‘rilishi haqida yozgandi.

Shuningdek