TePe Sigeman — 2026: Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsen durang o‘ynadi

4-may 2026 09:21 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Nodirbek Abdusattorov / Foto: UzChess

TePe Sigeman — 2026 shaxmat turnirining 3-turida o‘zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi Magnus Karlsen bilan durang qayd etdi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar bermoqda.

Nodirbek Abdusattorovning ta’kidlashicha, partiya yuqori sifatli va mustahkam o‘tgan. Debyutda Karlsen o‘zining kutilmagan Qc2 yurishi bilan raqibini hayron qoldirgan.

Foto: UzChess

«Balki tomoshabop bo‘lmagandir, ochig‘ini aytsam, o‘yin biroz sokin va zerikarli kechdi, biroq elita darajasidagi shaxmat kurashi mana shunday bo‘ladi», — dedi o‘zbekistonlik grossmeyster.

Turnirning diqqatga sazovor jihatlaridan biri norvegiyalik shaxmatchining o‘yinga qariyb 10 daqiqa kechikib kelgani bo‘ldi. Abdusattorov bu holatni xotirjam qabul qildi va Karlsenning unga qarshi o‘yinlarda doim shunday yo‘l tutishini, jumladan, Vaysenxausdagi turnirda ham shunday bo‘lganini eslatib o‘tdi.

«Uning odatlarini, narsalarga bo‘lgan munosabatini yaxshi bilaman. Bu uning tanlovi, bunaqa odatlariga shunchaki e’tibor bermayman», — deb qo‘shimcha qildi shaxmatchi.

Abdusattorov o‘zining hozirgi sport formasi yaxshi ekanini, ammo avvalgi turdagi xatosidan hamon afsusda ekanini bildirdi. Uning qayd etishicha, kechagi o‘yinda kamida ikki marta yutuqli pozitsiyaga chiqib, Rxf7 yurishi tufayli barcha ustunlikni yo‘qqa chiqargan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Nodirbek Abdusattorov 16 yoshli amerikalik vunderkind bilan to‘qnash kelishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek