Vivo 9000 mA/soat batareyali Vivo Y600 Turbo smartfonini tayyorlamoqda

25-may 2026 10:33 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo 9000 mA/soat batareyali Vivo Y600 Turbo smartfonini tayyorlamoqda
Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi yangi Vivo Y600 Turbo smartfonini 25-may kuni Xitoyda namoyish etishi kutilmoqda. Model 9000 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlanadi.

Bu ko‘rsatkich ommaviy smartfonlar orasida eng yirik batareyalardan biri hisoblanadi. Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, batareyaning amaldagi sig‘imi 9020 mA/soat atrofida bo‘lishi mumkin. Vivo akkumulyator uzoq muddatli foydalanishga mo‘ljallanganini bildirmoqda. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, batareya 6 yil davomida yuqori sig‘imni saqlab qolishi kerak.

Foto: Vivo

Shuningdek, smartfon tizimi 5 yilgacha barqaror ishlashi aytilmoqda. Bunga dasturiy optimallashtirishlar yordam berishi kutilmoqda. Ishlab chiqaruvchi qurilma bir vaqtning o‘zida 30 tagacha ilovani xotirada ushlab tura olishini ham ma’lum qildi. Bu ilovalar o‘rtasida tez almashish va sekinlashuvlarni kamaytirishga xizmat qiladi.

Vivo Y600 Turbo suv va changdan himoya bo‘yicha IP68 hamda IP69 standartlariga ega bo‘ladi. Bunday himoya darajasi o‘rta segment smartfonlarida hali keng tarqalmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Vivo Y500s smartfonining narxi haqida yozgan edi.

Shuningdek